CHEVROLET DAMAS

XARAKTERISTIKALAR

CHEVROLET DAMAS

Damas – 0.8 litr hajmidagi, 38 ot kuchi quvvatidagi motori bo‘lgan besh eshikli tijorat maqsadidagi avtomobil. Uning zamirida doimo amaliyotga moslik va funksional uyg‘unlik bo‘lib, konstruksiyasi har qanday yo‘l sharoitida uzoq yillar davomida buzilishsiz ishlashini kafolatlaydi. Avtomobil ikkita modifikatsiya shaklida chiqariladi: yo‘lovchilar uchun, unda o‘rindiqlar uch qator qilib joylashtirilgan (2+3+2), va ikki o‘rindiqli yuk tashuvchi, furgon kuzovi bilan, yuk ko‘tarish qobiliyati 560 kg gacha. Yuritgichi orqa g‘ildiraklarga ulangan. Maksimal tezligi 100 km/soat. Belgilangan yonilg‘i sarflanishi 90 km/soat tezlikda 7,8 l/100km ga teng. Avtomobil tijorat yoki oilaviy ehtiyojlar uchun mo‘ljallangan. Shaharning tiqilinch sharoitida va zich transport oqimida, tez-tez to‘xtab, yuk tushirish va yuk ortish bilan yurish uchun bundan ham qulayroq bo‘lgan yuk tashuvchi avtomobilni topish qiyin.

Damas o‘lchamlari 3845x1400x1920 millimetr bo‘lib, bazasi – 1840 millimetr, ya’ni uning kuzovi baland bo‘lib, o‘ta keng emas, uzunligi ixchamdir. Shu sababli mashina burilishda barqaror bo‘lmaydi, degan xato tasavvur yuzaga kelishi mumkin, lekin aslida bunday emas. Avtomobil hatto baland yo‘l chetini bosganda, yoki tezligini kamaytirmay keskin burilishdan o‘tganda ham, ag‘darilib ketmaydi. Oldingi tirgaklar kichik og‘ish burchagiga ega, shuning uchun kapoti deyarli yo‘q. Katta faralari oval shakliga ega, keng bo‘lmagan bamperda tor burilish ko‘rsatkichlari o‘rnatilgan. Yo‘lovchilar bo‘limiga eshiklar yoniga qarab ochiladi, orqa bo‘limida yana bitta tepaga ochiladigan eshik o‘rnatilgan.

  • Damas ning ichki ko‘rinishi kulrang yoki to‘q rang mato bilan bezatiladi, saloni yetti kishini joylashtirish uchun mo‘ljallangan. Yo‘lovchilar va haydovchi uchun alohida pechlar o‘rnatilgan. O‘rindiqlar ostida shaxsiy narsalarini joylashtirish uchun yetarlicha bo‘sh joy bor. Asboblar panelida tsiferblatlar va ko‘p sonli rangli indikatorlar birlashtirilgan. Unda konsol yo‘q, uning paneldagi joyini avtomagnitola, shamollatish, isitish sozlagichlari egallaydi.
TEXNIK XUSUSIYATLARI
DvigatelSlindir miqdori va joylashuvi3ta, QatoridaIshchi hajm, sm3796Maksimal quvvat, o.k.(ayl/min)38 (5000) (ayl/min)Maksimal buruvchi moment, Hm (min)63 (3000) (ayl/min)Uzatmalar qutisiPrivat turiOrqaUzatmalar qutisi turi5 MUQIlgakOldMakferson tirgakOrqaBarg kamoniga bog'liqSiquvchi disk tizimiOld/Orqa siquvchi diskDiskli/BarabanliO'lchamlariUzunligi, mm3845Eni, mm1400Balandligi, mm1920G'ildirakli baza, mm1840Eng kichik aylanib olish radiusi, mm4,3Ichki hajmYukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L450 kg.Og'irlikRuxsat etilgan vazn, kg850Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg1360DinamikaMaksimal tezlik, km/s105Tezlik 0-100 km/s, sekundiga41Yoqilg'i sarfiShahar ichida, L8,6Shahar tashqarisida, L7,8Yoqilg'i turiAI - 91Yoqilg'i bak hajmi, L37



MODIFIKATSIYALAR
МодификацияОписание комплектацииDamasDLXбез кондиционера, декоративные боковые наклейки, аудиосистемаVANобивка сидений, 5-ступенчатая коробка передач, дистанционное открытие двери багажника

CHEVROLET DAMAS

"Avtolayn" Xorazm viloyatida yagona bo'lgan ko'p tarmoqli avto markaz hisoblanadi. Markazimizda siz avtombil sotib olishingiz, avto raqam, sug'urta, avtoservis hizmatlari kabi hizmatlardan bir joyning o'zida foydalana olashingiz mumkin.
Avtolayn © 2021. Barcha huquqlar himoyalangan.
Tarjima