CHEVROLET COBALT

XARAKTERISTIKALAR

CHEVROLET COBALT

Chevrolet Cobalt – GM korporatsiyasining Braziliyadagi bo‘limining dizaynerlari tomonidan GM kompaniyasining avtomobillarni ishlab chiqish standart global jarayonlaridan foydalangan holda ishlab chiqilgan oilaviy sedan modelidir. Cobalt modeli GM ning global guruhi tomonidan o‘z pog‘onasida jahon etaloniga aylanadigan va o‘sib rivojlanayotgan bozorlarda sotish bo‘yicha yetakchi bo‘la oladigan darajada ishlab chiqilgan. Chevrolet Cobalt qulaylik, nafislik va yuksak dinamik xususiyatlarni, hamda eskirmaydigan an’anaviy klassik dizayn qiyofasini o‘zida mujassamlashtiradi. A’lo xavfsizlikni ta’minlash uchun, o‘ta mustahkam po‘latdan ishlab chiqariladigan Chevrolet Cobalt rusumli avtomobil, ABS (antibloklash tormoz tizimi) bilan, hamda haydovchi va oldingi yo‘lovchi  uchun xavfsizlik yostiqchalari bilan jihozlangan.

TASHQI KO`RINISH

Yo‘lda ahamiyatsiz narsalar bo‘lmaydi, shuning uchun Chevrolet Cobalt ning tashqi ko‘rinishi har bir detali bo‘yicha puxta o‘ylab chiqilgan. Masalan, yon oynalari orqani ko‘rish uchun keng manzarani ta’minlaydi, ichki qurilgan isitish tizimi esa hatto o‘ta sovuq paytida ham muzni erita oladi. Tumanga qarshi faralar eng yomon ob-havo bo‘lganda ham yo‘lni ko‘rsata oladi. Oldingi va orqa elektr oyna ko‘targichlar tufayli istalgan oynani faqat tugmani bosib turib, bir necha soniya ichida ochish va yopish mumkin. Savlatli tashqi ko‘rinishi bilan birga, nihoyatda keng saloni va hayratlantirarli darajada katta yukxonasi ham bor. O‘ziga xos uslubli 15-dyuymlik yengil aralashmadan yasalgan disklar va orqa bamperdagi xrom qoplangan molding Chevrolet Cobalt mashinasining dizaynini ajoyib to‘ldirib turadi.

Amaliyotga muvofiqlik, barcha kerakli funksiyalar va xususiyatlarning optimal mujassamlanishi tufayli Chevrolet Cobalt oila uchun a’lo avtomobilga, har qanday safarda, istalgan masofalarga yurishda o‘rni bosilmaydigan hamroh va ishonchli yordamchiga aylanadi.

  • Chevrolet Lacetti ning ichki ko‘rinishi sodda ko‘rinuvchi hashamatdorligi bilan ajralib turadi. Bir xil rang tuslariga ega bo‘lgan sifatli bezatish materiallari shinam muhitni yaratadi, va salonning hajmini kengaytirib ko‘rsatadi. Barcha zarur boshqarish elementlari bo‘lgan oqilona jamlangan panel, teri qoplangan qulay rul, chiroq bilan yoritiladigan ichki bo‘limi, konditsioner, o‘ziga xos uslubda yasalgan spidometr – mashinaning a’lo butlanishi va jihozlanishining namoyon bo‘ladigan kichik bir qismidir.

    Safarda qulay yurish uchun avtomobil tirgak osti bokslari, tokchalar, axlat  tashlanadigan cho‘ntaklar va tagliklar bilan jihozlangan. Old oynasidan a’lo ko‘rish imkoniyati sababli unda yurish xavfsiz bo‘ladi, motorning shovqinsiz ishlashi va shovqindan yaxshi izolyatsiyasi esa unda yurishni yanada qulayroq qiladi.

TEXNIK XUSUSIYATLARI
DvigatelSlindir miqdori va joylashuvi4 ta, QatordaIshchi hajm, sm31485Maksimal quvvat, o.k. (ayl/min)106 (5800) (ayl/min)Maksimal buruvchi moment, Hm (min)134(4000) (ayl/min)Uzatmalar qutisiPrivat turiOldUzatmalar quttisi turi5 MUQ / 6 AUQIlgakOldMakferson tirgagiOrqaТорсионная балкаSiquvchi disk tizimiOld/Orqa siquvchi diskDiskli/BarabanliO'lchamlariUzunligi, mm4479Eni, mm1735Balandligi, mm1514G'ildirakli baza, mm2620Eng kichik aylanib olish radiusi, mm5000Ichki hajmYukhona ko'tarilgandagi hajm/Orqa o'rindiq yotqizilganda, L563Og'irlikRuxsat etigan vazn, kg1097/1168Maksimal ruxsat etilgan vazn, kg1590/1620DinamikaMaksimal tezlik, km/s169/170Tezlik 0-100 km/s, sekindiga11,7/12,6Yoqilg'i sarfiShahar ichida, L8,4/10Shahar tashqarisida, L6,2/6,7Yoqilg'i turiАИ - 91Yoqilg'i bak hajmi, L47



MODIFIKATSIYALAR
МодификацияОписание комплектацииCobalt (1,5 L)LT М/Ткондиционер, аудиосистема c bluetooth, USB порт, усиленные задние сидения, крепление детских сидений, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, антиблокировочная тормозная система , передние противотуманные фары , коннектор для обеспечения переднего освещения в дневное время, наружные зеркала заднего вида с дистанционным управлением, электропривод, со складыванием, цветное.LTZ A/Tкондиционер, автоматическая коробка передач, аудиосистема c bluetooth, USB порт, усиленные задние сидения, крепление детских сидений, подушка безопасности со стороны водителя и пассажира, антиблокировочная тормозная система, передние противотуманные фары, коннектор для обеспечения переднего освещения в дневное время, литой диск, наружные ручки двери под цвет кузова, наружные зеркала заднего вида с функцией обогрева, с дистанционным управлением, электропривод, с ручным складыванием, цветное, хромированная решетка радиатора, хромированный молдинг заднего бампера.



CHEVROLET COBALT

"Avtolayn" Xorazm viloyatida yagona bo'lgan ko'p tarmoqli avto markaz hisoblanadi. Markazimizda siz avtombil sotib olishingiz, avto raqam, sug'urta, avtoservis hizmatlari kabi hizmatlardan bir joyning o'zida foydalana olashingiz mumkin. Sayt "Itcmarkaz" tamonidan ishlab chiqarilgan
Avtolayn © 2021. Barcha huquqlar himoyalangan.
Tarjima